YANGI ANDIJONNI OBOD MASKANGA AYLANTIRAMIZ
Andijon shahri yaqinida «Yangi Andijon» massivi bunyod etilmoqda.
Umumiy maydoni qariyb 4 ming gektar bo‘lgan yangi shaharning bosh rejasiga ko‘ra, 1439 gektar turli qurilmalar, ya’ni uy-joy, savdo maskanlari va kichik sanoat zonasi, 1820 gektar yashil hudud, 223 gektarlik xizmat ko‘rsatish hududi va 499 gektar yo‘llardan iborat bo‘ladi.
Eng muhimi, bu massiv aholi uylari bo‘lmagan, qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan bo‘sh maydonda barpo etilmoqda. Turar joy massivi qurilishi natijasida 411 ming nafar aholi yashashi mumkin bo‘lgan yangi shaharcha paydo bo‘ladi.
Jarayonda hududga to'liq elektr ta’minotini sifatli yetkazib berish “Andijon HETK” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda jamiyatimiz tomonidan ushbu hududga 62 dona temir-beton tayanch o’rnatildi hamda 1,5 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortildi.
Bundan ko'zlangan maqsad odamlarning obod maskanlarda farovon hayot kechirishiga zamin yaratishdir.
"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati.