ALOQA UCHUN

«QUSHBEGI» HAMDA «XONOBOD» MAHALLALARI SIFATLI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLANMOQDA

«QUSHBEGI» HAMDA «XONOBOD» MAHALLALARI SIFATLI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLANMOQDA

Sir emaski, Toshkent shahar hududiga Toshkent viloyatidan jami 42 ta mahalla ogʻir hudud sifatida oʻtkazilgan boʻlib, ular Sergeli hamda Yangi hayot tumanlariga kiritilgan. Ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi tuman elektr ta'minoti korxonalari tomonidan bu yerlarda mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, Sergeli tumani hududiga kiritilgan «Qushbegi» hamda «Xonobod» mahallalarida bugungi kunda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Mazkur hududlarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, tegishli loyiha asosida 0,4-10 KVli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash ishlari boshlandi. 

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, shu kunga qadar «Qushbegi» hamda «Xonobod» mahallalariga 150 ga yaqin yangi temir-beton tayanchlar o‘rnatildi, umumiy 6,0 km uzunlikda bo`lgan yangi zamonaviy SIP rusumidagi elektr uzatish kabel tarmoqlari tortildi hamda hududga qo`shimcha yangi quvvati 630/6 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli transformator punkti o'rnatib berildi. Ayni vaqtda, ushbu o'rnatilgan transformator punkitini ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda ushbu mahallalarda elektr ta’minotini yaxshilash, transformatorlarni mukammal ta’mirlash va yangidan o’rnatish, simyog’ochlarni temir-beton ustunlarga almashtirish kabi ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu ishlar yakunida, «Qushbegi» hamda «Xonobod» mahallalari ko'chalarida istiqomat qilayotgan aholi iste'molchilarining yillar davomida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolari to’liq bartaraf etiladi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ hamda uning tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan aholiga sifatli elektr energiyasi yetkizib berish hamda sharoiti og’ir hududlarda elektr ta'minotini yaxshilash bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot хizmati.
 

  • 10.03.2022
  • 954
Sayt xaritasi