ALOQA UCHUN

XIZMAT AVTOMASHINALARI TEXNIK KO’RIKDAN O’TKAZILDI

XIZMAT AVTOMASHINALARI TEXNIK KO’RIKDAN O’TKAZILDI

Bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda, elektr ta’minotida avariyali holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish jarayonlarida maxsus xizmat avtotransport vositalarining o‘rni beqiyos!

Ularni uzoq vaqt va sifatli xizmat ko‘rsatishi bilan ish samadorligining ortishi erishiladi.

Bugungi kunda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda viloyat bo‘yicha 200 dan ortiq mahsus avtotransport vositalari mavjud bo‘lib, ularning texnik holati doimiy belgilangan chora–tadbirlarga asosan, nazoratdan o‘tkazilib kelinmoqda.

Eng avvalo, xaydovchilar sog‘lig‘i ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Xar bir avtotransport vositalarining ko‘rik jarayonida aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ko‘rik jarayonida barcha xaydovchilarga yo‘l xarakati qoidalariga so‘zsiz amal qilishlari tushuntirib o‘tildi.

Bu kabi tadbirlar jamiyat tomonidan doimiy o‘tkazilib kelinmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati

  • 07.03.2022
  • 647
Sayt xaritasi