“FARG’ONA HETK” AJDA O’QUV-TAKTIK MASHG’ULOT O’TKAZILDI
«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatining barcha shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalari bo’lim ustalari, elektomontyorlari ishtirokida “Baxtsiz hodisalarning oldini olish, xodimlarning bilim saviyasini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar”ga asosan Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi joylashgan o’quv maydonida o‘quv-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyevning «Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli» shiori ostida o‘tkazilgan tadbir avvalida «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i M. Egamqulov tomonidan tizim korxonalarida 2021-yil hamda 2022-yil yanvar, fevral oylarida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari xodimlarning “Elektr qurilmalarni ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ning tashkiliy va texnik tadbirlarini to‘liq va yetarli darajada amalga oshirmaganliklari, o‘zboshimchalik bilan ish joylarini kengaytirishlari oqibatida sodir bo‘lganligi qayta tushintirildi.
Shu bilan birga xodimlarning bugungi kunda “Elektr qurilmalarni ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ning tegishli bandlarini qay darajada bilishlari yuzasidan tushuntirishlar, savol-javoblar o‘tkazildi.
Shundan so’ng, o‘quv maydonida 10/0,4 kVli elektr qurilmalarda ish joyini tayyorlash, ishga qo‘yish va ish bajarish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ishtirokchilari bilan muhokama qilindi.
Bu kabi o‘tkazilayotgan tadbirlar, ishchi-xodimlarni ish jarayonlarida xavfsiz ish tashkil etishlari, doimiy xushyor ishlarini ta’minlash bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan.
“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.