“ANDIJON HETK” AJ JAMOASI “YANGI ANDIJON” MASSIVIDA YASHIL MAYDON YARATMOQDALAR
Yurtimiz bo’ylab davom etayotgan daraxt ekish tadbirlari har bir viloyatni qamrab oldi. Hududlarda allaqachon minglab nihollar ekildi, kelgusida ularning baravj o’sishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Andijon viloyatida ham “Yashil makon” umummilliy loyiha asosidagi amaliy ishlar jadal boshlab yuborilgan. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Andijon viloyati boshqarmasi bergan ma’lumotga ko’ra shu kungacha tuman va shaharlarda 3 mln 261 ming 400 tup manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.
Mart, aprel, may oylarida 9 mln 635 ming tup daraxt ko’chatlari ekish rejalashtirilgan. Bu xayrli ishda har bir korxona, tashkilot va oʻquv muassasalari faol ishtirok etmoqdalar. Jumladan, “Andijon HETK” AJ jamoasi Andijon tumanida barpo etilayotgan “Yangi Andijon” massivida 20 sotixdan iborat hududda yashil maydon yaratmoqdalar.
Hozirda ushbu hududga jamiyatimiz hodimlari tomonidan 100 tup pavloniya daraxti ko’chatlari hamda 40 tup archa daraxt ko’chatlarini ekish jarayonlari olib borilmoqda.
Bu joy adirlikdan iborat boʻlib, hozirda turar-joy manziliga aylantirilmoqda, bir necha yillardan soʻng bu yerda yangi shahar barpo boʻladi. Bugun biz ekayotgan koʻchatlar shu shaharning ekologik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Buning uchun koʻchatlarning ildiz otib, sersoya daraxtlarga aylanishi uchun parvarishlash ishlarini ham yoddan koʻtarmaslik zarur...
Bugun “Yangi Andijon” massivida boshlangan loyiha viloyatning har bir shahar va tumanlarida, mahallalarida davom etmoqda.
"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati.