ALOQA UCHUN

XATO QILISHGA HAQQIMIZ YO‘Q!

XATO QILISHGA HAQQIMIZ YO‘Q!

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda baxtsiz hodisalarning sabablari tahlil qilindi

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tasarrufidagi barcha tuman-shahar elektr ta’minoti korxonalarining mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda tuman-shaharlardan kelgan bo‘lim ustalari, bosh muhandislar ishtirok etdi.

O‘quv seminarida  joriy yil davomida bo‘lib o‘tgan baxtsiz hodislarning tafsilotlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi. Bu kabi seminarlar sohada yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarning bartaraf etilishi, ishchi-xodimlarning texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari, xavfsiz ish tashkil etishlarini ta’minlash hamda joylarda yuzaga kelayotgan avariyali holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

O‘quv seminari davomida xodimlarni qiziqtirgan  savollarga batafsil javob berilib, kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan talab va takliflar bildirib o‘tildi.

"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati.

 

  • 03.03.2022
  • 904
Sayt xaritasi