ALOQA UCHUN

70 DONA "PAVLONIYA" DARAXT KO‘CHATLARI EKILDI

70 DONA "PAVLONIYA" DARAXT KO‘CHATLARI EKILDI

"Yashil makon” loyihasi doirasida" Namangan HETK" AJning ma'muriy binosiga yana 70 dona "Pavloniya" daraxt ko‘chatlari ekildi.

Respublikamiz bo'ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish doirasida, "Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati jamoasi tomonidan hozirgi kunga qadar umumiy 25 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko'chatlari o‘tqazildi.

Ayni paytda jamiyat rahbari Javlonbek Xalilov tashabbusi bilan viloyatdagi 14 ta tuman, shahar elektr ta'minoti ma'muriy binolarining bo‘sh yerlarga daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘ylaymizki, biz birgalikda bugun yerga tikkan ko‘chatlar yillar davomida o‘sib, mevalaridan ischi-xodimlar bahramand bo'ladilar, - deydi Javlonbek Xalilov.

"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 03.03.2022
  • 926
Sayt xaritasi