ALOQA UCHUN

OBOD BO’LAYOTGAN MANZILLAR

OBOD BO’LAYOTGAN MANZILLAR

Respublika ishchi gurux tomonidan barcha mahallalarda aholining turmush sharoitida mavjud muammolar oʼrganildi hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli ogʼir , keng koʼlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari talab etiladigan kompleks muammolari mavjud mahallalar roʼyxati shakllantirildi.

 Аna shunday ogʼir hududlarni obodonlashtirish ishlari viloyatimizning Jalaquduq tumanida davom etmoqda.

Jalaquduq tumanida ogʼir hududlar roʼyxatiga Haqiqat, Koʼtarma, Qutlugʼ hamda Doʼngqishloq MFYlar kiritilgan boʼlib, ushbu hududlarda aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida jadal suratlarda ishlar olib borilmoqda.

 Xususan, Doʼngqishloq mahallasida, 24 dona temir beton tayanchlar olib kelindi va oʼrnatish jarayonlari olib borilmoqda. Mahalla hududida 1 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi.

Shuningdek qolgan 3 ta tanlab olingan ogʼir hududlarda temir beton tayanchlar oʼrnatish, transformator punktlarida nosoz kabellarni almashtirish, 0.4 kV havo tarmogʼida salqi simlar tortish, daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilmoqda.

"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati

  • 02.03.2022
  • 1123
Sayt xaritasi