40 000 KVALIK TRANSFORMATOR BO‘KA TUMANI ISTE’MOLCHILARIGA BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI YETKAZIB BERISHGA XIZMAT QILADI
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Toshkent viloyati elektr energiyasi iste’molchilariga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida, "Toshkent HETK" AJ uchun bir dona 40 000 kVAlik transformatori ajratilgan bо‘lib, Bо‘ka tumaniga yetkazib berildi.
Hozirda tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan xizmat kо‘rsatiluvchi 110/35/6 kVlik "Dо‘ngqо‘rg‘on" podstansiyasida "Toshkent HETK" AJ ekspluatatsiya xizmatlari va Bо‘ka TETK xodimlari tomonidan mazkur transformatorni demontaj va montaj ishlari davom ettirilmoqda.
Bu kabi ishlar o‘z vaqtida bajarilishi aholiga ishonchli va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish, shu bilan bir qatorda elektr qurilmalarining mustahkamligini oshirishga xizmat qiladi, albatta.
"Toshkent HETK" AJ matbuot xizmati.