UCHTEPADA TA’MIRLASH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA
Poytaxt iste’molchilariga uzluksiz va barqaror elektr energiyasini yetkazib berish, elektr qurilmalarini sifatli hamda uzoq yillar ishlashini ta’minlash maqsadida, joylardagi mavjud transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarini mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan aniq belgilangan reja-topshiriqqa asosan, bugungi kunda Uchtepa tuman elektr ta’minoti korxonasida 0,4–6–10 kVli elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari mukammal ta’mirlanib, mavjud kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Xususan, tumanning «Beshqayrag‘och» mahallasi aholi iste’molchilarini elektr energiyasiga bо‘lgan talabini tо‘liq qondirish hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Davlat dasturlari asosida qator ishlar amalga oshirilmokda.
Xususan, ushbu MFY hududida joylashgan 2737- hamda TP-1863-sonli transformator punktlari oralig‘idagi quvvati 10 kV bо‘lgan yuqori kuchlanishga ega bо‘lgan yer ostidan о‘tgan kabel tarmoqlarini yangilash hamda shikastlangan qismida ta’mirlash (montaj) ishlari olib borildi.
Ta’mirlash ishlarining о‘z vaqtida bajarilishi aholiga ishonchli va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish, shu bilan bir qatorda elektr qurilmalarining mustahkamligini oshirishga xizmat qiladi.
«Toshkent shahar ЕТК» AJ мatbuot xizmati.