ALOQA UCHUN

ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

“Farg‘ona HETK” AJ tomonidan “Obod mahalla” davlat dasturi asosida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash,  joylarda elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar tomonidan mavjud elektr qurilmalarini ta’mirlash, temir-beton tayanchlarini o’rnatish, aniqlangan nosozliklarni sozlash, moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari bajarilmoqda.

Xususan, Farg’ona shahar, Bog‘dod, Quvasoy, Qirguli, Rishton, O’zbekiston, Furqat  va Beshariq tumanlarida bu boradagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. 

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 28.02.2022
  • 835
Sayt xaritasi