ALOQA UCHUN

UNUTMA, SENI OILANG KUTMOQDA...

UNUTMA, SENI OILANG KUTMOQDA...

“Sirdaryo HETK” AJ tomonidan Yangiyer shahrida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan xodimlar uchun "Hududiy elektr tarmoqlari"AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyevning "Har biringizning hayotingiz men uchun qadirli" shiori ostida o’quv-seminari о‘tkazildi.

O’quv-seminarida xodimlarga kasb malakasi va xavfsizlik texnikasiga doir qoʻshimcha tushunchalar berib o'tildi. 

Shuningdek, 2021-2022 yillarda tizimda sodir bo'lgan baxtsiz xodisalar atroflicha tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Seminar yakunida hodimlarning ish jarayonida texnika xavsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish kerakligi yana bir marta eslatib o‘tildi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

“Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 28.02.2022
  • 932
Sayt xaritasi