KARMANA TUMАNIDА QURILISH-TА'MIRLАSH ISHLАRI АMАLGА OSHIRILMOQDА
Keyingi yillarda yurtimizda manzilli dasturlari doirasida hududlar infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, koʼkalamzorlashtirish, qishloqqa sanoatni olib kirish orqali aholi bandligini taʼminlash bilan bogʼliq muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi amaliy ishlar energetika sohasida oʼz ifodasini topmoqda.
Xususan, Karmana tumani elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan “Arabxona” MFY hududida qurilish taʼmirlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Ushbu hududda yashovchi 420 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasini yaxshilash maqsadida 80 dona temir-beton tayanchlar oʼrnatilib, 2?8 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortilmoqda.
Endilikda ushbu hududga quvvati 160 kVА boʼlgan 1 ta transformator punkti olib kelib oʼrnatiladi.
"Navoiy HETK" AJ matbuot xizmati.