ALOQA UCHUN

XAVFSIZ ISH JARAYONLARINI TASHKIL ETISHGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR О‘TKAZILDI

XAVFSIZ ISH JARAYONLARINI TASHKIL ETISHGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR О‘TKAZILDI

"Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati hamda «Surxondaryo HETK» AJning Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati mutasaddi xodimlari ishtirokida Angor va Sherobod tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchilari uchun seminar mashg‘ulotlari  о‘tkazildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyevning «Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli» shiori ostida о‘tgan tadbirlarda asosiy e’tibor xavfsiz ish jarayonlarini tashkil etish, bu borada belgilangan tartib-qoidalarga sо‘zsiz amal qilishga qaratildi.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida tizimda sodir bо‘lgan og‘ir oqibatli baxtsiz hodisalar  tafsilotlari qayta ishlab chiqilib, kelgusida ularning oldini olish bо‘yicha tavsiyalar berildi. Xususan, xodimlarning xavfsizlik texnikasi qoidalarining tashkiliy va texnik tadbirlarini amalga oshirishlari, о‘zboshimchalik bilan ish joylarini kengaytirmasliklari zarurligi qayta tushuntirildi.

  "Surxondaryo HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 25.02.2022
  • 979
Sayt xaritasi