BALXIYONDA SIP KABELLARI TORTILDI
Pastdarg‘om tumanida aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida o‘tgan yili 19.3 km. yuqori kuchlanishli, 69.1 km. past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tortildi hamda 30 dona yangi transformator punktlari o‘rnatildi.
Joriy yilda ham tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan hududlardagi yaroqsiz simyog‘ochlarni yangi temir beton ustunlariga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, tumanning Balxiyon mahallasida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 2086-transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli havo elektr uzatish tarmog‘idagi yaroqsiz simyog‘ochlarning 17 donasi yangi temir beton ustunlariga almashtirildi.
Shuningdek, mazkur elektr uzatish tarmog‘ining 750 metriga zamonaviy SIP-2 hamda 400 metriga esa SIP-4 kabellari tortish ishlari amalga oshirildi.
“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.