AHOLI BILAN HAMNAFAS
Mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati hamda demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoya qilishdir. Bugungi kunda energetika tizimida ham inson qadri loyihasi doirasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, «Toshkent shahar ETK» AJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta`minoti korxonalari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5048-sonli «Obod mahalla» Davlat dasturlarini amalga oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi Qaroriga asosan, poytaxt tumanlarida ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Jumladan, Shayhontoxur tumanining «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan RP Farobiydan chiquvchi TP-3753-sonli transformator podstansiyasidagi shikastlangan quvvati 400/10 kVA boʻlgan transformator oʻrniga, 630/10 kVA boʻlgan katta quvvatli transformator oʻrnatildi. Natijada, 700 ga yaqin ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarining elektr energiyasi taʼminoti yahshilandi.
Аmalga oshirilayotgan bu kabi islohotlardan mahalla ahli xursand! Yurt obodligi yoʼlida qilinayotgan ishlarni oʼz koʼzlari bilan koʼrib shukronalar aytishmoqda.
Maʼlumot oʼrnida, ayni vaqtda Shayhontoxur tuman elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari tomonidan hududda yakuniy montaj ishlari bajarilmoqda.
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.