AHOLI MUAMMOLARI YECHIM TOPMOQDA
G‘allaorol tumani hududidagi «Samarqand» MFYning Samarqand ko‘chasida yashovchi bir guruh aholi tomonidan tuman hokimiga elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Aholini elektr energiya bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 28 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish, 1500 metr SIP rusumli kabel orqali elektr uzatish havo tarmog‘ini tortish ishlari boshlab yuborildi. Qo‘shimcha 1 dona 160 kVAli transformator punkti o‘rnatiladi.
Ayni kunda tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchilari belgilangan ishlarni tez va sifatli bajarish borasida hamjihatlik bilan ish olib borishyapti.
Ushbu yangi elektr uzatish havo tarmog‘i ishga tushgach Samarqand ko‘chasida yashovchi 80 ta xonadonning elektr energiya ta’minoti yaxshilanadi.
Shuningdek, Arnasoy tuman elektr ta`minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan Chinobod MFY hududida aholi xonadonlarini elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
«Jizzax HETK» AJ matbuot xizmati.