ALOQA UCHUN

TEZ, HUSHYOR HAMDA XAVFSIZ HARAKATLANISH ISH SAMARADORLIGINING ASOSI HISOBLANADI!

TEZ, HUSHYOR HAMDA XAVFSIZ HARAKATLANISH ISH SAMARADORLIGINING ASOSI HISOBLANADI

Bugungi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ham xodimlarning kasb mahoratini hamda tayyorgarlik darajasini aniqlash, xavfsiz va unumli mehnat usulini targ‘ibot qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish va ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish bo‘yicha taqsimlash elektr tarmoqlarini ekspluatasiya qiluvchi elektromontyor xodimlar o‘rtasida doimiy o‘qitish, o‘rgatish, bilimlarini sinovdan o‘tkazish kabi tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi, Farg‘ona shahar elektr taminoti korxonasida o‘tkazilgan o‘quv tadbirida xodimlarni ish jarayonlari, avariyali holatlarda tezkorlik bilan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda xarakatlanishlari baholandi.

Bu kabi tadbirlar o‘z navbatida, avariyali holatlarni tezkorlik bilan o‘z vaqtida bartaraf qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz holatlarning oldini olishga qaratilgan.

 “Farg'ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 22.02.2022
  • 685
Sayt xaritasi