ALOQA UCHUN

MAQSAD – FAVQULOTDA О‘CHISHLARNI OLDINI OLISH

MAQSAD – FAVQULOTDA О‘CHISHLARNI OLDINI OLISH

Bugungi kunda jamiyat hayotini elektr energiyasiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarida elektr energiyasiga talab tobora ortib borayotir. Shu bois, “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tasarrufidagi shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari ishchilari tomonidan aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Navoiy shahridagi "BSI" 110/10/6 kVli podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, “BSI” nimstansiyasi 2019 yilda tо‘liq rekonstruksiya qilinib, 2 dona quvvati 25 ming kVA bо‘lgan kuch transformatorlari о‘rnatilgan. Nimstansiya hozirgi kunda kichik sanoat zonasi hududidagi korxonalarni, Navoiy shahrining “Binokor” va “Bunyodkor” mahallalarini hamda ijtimoiy soha obyektlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

"Navoiy HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 21.02.2022
  • 786
Sayt xaritasi