ALOQA UCHUN

PREZIDENT FARMONI: IJRO VA AMALIYOT

PREZIDENT FARMONI: IJRO VA AMALIYOT

Jizzax viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, tashkilot, korxona va muassasalarning matbuot kotiblari hamda blogerlar ishtirok etgan anjumanda Prezidentimizning 2020 yil 18 iyundagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan debitor va kreditor, jumladan, ASKUYe tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish, billing dasturiga iste’molchilarni to‘liq biriktirish orqali yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. 

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining ushbu farmonida belgilab berilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida salmoqli ishlar amalga oshirilgan.


Jumladan, joriy yilning 1 yanvar holatiga viloyat bo‘yicha jami iste’molchilar soni 276 ming 727 nafarni tashkil etib, shundan 13 ming 587 tasini ulgurji iste’molchilar tashkil etadi. O‘tgan 2021 yilda iste’molchilarga jami 828 milliard 700 million, shundan aholiga 126 milliard 500 million, ulgurji iste’molchilarga 702 milliard 200 million so‘mlik  elektr energiyasi yetkazib berilgan. 2013 yilning 2 aprelida “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish bo‘yicha Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarining  0,4 kV iste’molchilarining elektr energiyasi iste’molini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirishda umumjahon tenderlarini o‘tkazilishi e’lon qilinib, ushbu tenderda Janubiy Koreaning “KT Corparation” kompaniyasi g‘olib chiqqan edi. 2015 yil 17 iyun kuni “O‘zbekenergo” DAK,“Jizzax HETK” AJ hamda “KT Corparation” kompaniyasi bilan umumiy miqdori 13 million 200 ming AQSH dollarlik №ICB-2012-001G`J raqamli shartnoma imzolandi.


Jumladan, viloyatdagi mavjud 275 ming 105 ta, shundan 252 ming 539 ta aholining va 22 ming 566 ta ulgurji iste’molchilarning hisoblash nuqtasiga ASKUE tizimiga mos elektr hisoblash uskunalari 100 foiz o‘rnatilib, billing tizimiga ulanganlar soni 273 ming 289 tani ya’ni 98 foizni tashkil qilmoqda. Tizimga ulanmagan 1 ming 816 ta iste’molchilar bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, 2018 yilda qarzdor iste’molchi fuqarolarni tarmoqdan uzish – kuniga viloyat bo‘yicha o‘rtacha 486 donadanga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ASKUE tizimi ishga tushganidan so‘ng 2021 yilning o‘tgan davrida bu ko‘rsatkich 7 ming 197 donaga yetdi yoki 2018 yil bilan solishtirilganida 15 karra ko‘proq o‘chirilayotganligidan dalolat beradi. Xuddi shuningdek, iste’molchi aholi xonadonlarini ko‘rikdan o‘tkazish ishlari mos davr bilan o‘zaro solishtirilganida o‘rtacha oylik 314 mingtadan 5 million 182 mingtaga yoki 17 barobarga oshdi. 

Iste’molchilarni billing tizimiga ulash orqali ularni kundalik iste’mol sarfi, amalga oshirilayotgan to‘lovlari kabi ishlar masofadan boshqarilib, soha mutaxassis xodimlari tomonidan tahlil qilib borish imkoniyati soddalashtirildi.

Viloyatimiz bo‘yicha jami transformatorlar soni 6 ming 306 donani, konsentrator o‘rnatilishi talab etiladigani 4 ming 75 donani tashkil qilib, hozirda ana shu tranformatorlarning barchasiga konsentratorlar to‘liq o‘rnatildi, – deydi “Jizzax HETK” AJ bosh muhandisi o‘rinbosari Po‘lat Unarov. – Qolgan transformatorlar iste’molchiga qarashliligi va 1 dona iste’molchi ulanganligi uchun ularga GPRS rusumdagi EXUlar o‘rnatildi.

Viloyatda ASKUE tizimi joriy qilinganidan so‘ng, o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, avvalo iste’molchilar bilan elektr ta’minoti korxonasi o‘rtasida o‘zaro amalga oshirilayotgan hisob-kitoblar tartib-intizomi yanada mustahkamlanmoqda, elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishlarning oldi olinmoqda, iste’molchilar o‘rtasida to‘lov madaniyati shakllanib, mablag‘ undirish darajasi ortishiga sabab bo‘layotir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shuningdek, aholi iste’molchilari tomonidan elektr energiyasi ta’minoti va ASKUE tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday murojaatlarini qabul qilish va o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida jamiyatda qisqa raqamli “1154 – Call cyentyer” xizmati joriy qilinib, sutkalik 24 soat uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi, shu jumladan Jizzax viloyatidagi barcha iste’molchilar sohaga oid bo‘lgan har qanday murojaatlarni “Jizzax HETK” AJ bilan muloqot telegramm kanali, “het.uz” yoki “Jizzaxhyetk.uz” internet saytlari orqali kunning istalgan vaqtida qilingan murojaat yoki takliflar qisqa muddatda ko‘rib chiqilib, bajarilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda mualliflarga elektron shaklda javob qaytarilmoqda.


Jamiyat tomonidan joriy yilning 1 yanvar holatiga aholi va yuridik iste’molchilardan debitor karzdorlikni majburiy tartibda undirish yuzasidan sudlarga jami 1 ming 619 ta 53 milliard 667 million 100 ming so‘mlik davo arizlar kiritildi.
Sudlar tomonidan jami 1 ming 409 ta iste’molchidagi mavjud 36 milliard 383 millon 400 ming so‘mlik qarzdorligi yuzasidan jamiyat foydasiga undirishlik to‘g‘risidagi qaror chiqarilib, ijrosini ta’minlash uchun majburiy ijro byurosining hududiy bo‘limlariga yuborilgan. Sud jarayonida qolgan 42 ta javobgar iste’molchilar o‘z ixtiyorlari bilan 2 milliard 660 million so‘mlik to‘lovni amalga oshirganini ham aytib o‘tish lozim.

Elektr ta’minoti korxonasining mas’ul xodimlari tomonidan hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda billing dasturida o‘tkazilgan tahlillar jarayonida ASKUE tizimi to‘liq joriy etilgan bo‘lishiga qarmasdan, ayrim iste’molchilar tomonidan o‘zboshimchalik bilan elektr hisoblagich uskunasining ulanish sxemalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish va boshqa noqonuniy yo‘llar bilan elektr energiyasidan foydalanayotganliklari aniqlandi, – deydi “Jizzax HETK” AJ ASKUE bo‘limi boshlig‘i Abdusamad Xolbo‘tayev. – O‘tgan 2021 yilda 4 ming 154 ta holatda, shundan 3 ming 446 nafar fuqaro va 708 ta ulgurji iste’molchilar elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari bo‘yicha korxonaga yetkazilgan zarar miqdori 16 milliard 148 million 700 ming so‘mga,shundan 4 milliard 596 million 100 ming so‘m fuqarolarga hamda 11 milliard 552 million 600 ming so‘m ulgurji iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilindi. Ushbu summadan 1 ming 125 naftr iste’molchi tomonidan to‘lovlar ixtiyoriy ravishda 986 million 100 ming so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan. Qolgan iste’molchilardan to‘lovlarni majburiy tartibda undirish va ularning hatti-harakatlariga qonuniy baho berishlik uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga tegishli hujjatlar to‘planib yuborildi.Qolgan iste’molchilardan to‘lovlarni majburiy tartibda undirish va ularning hatti-harakatlariga qonuniy baho berishlik uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga tegishli hujjatlar to‘planib yuborildi.Qolgan iste’molchilardan to‘lovlarni majburiy tartibda undirish va ularning hatti-harakatlariga qonuniy baho berishlik uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga tegishli hujjatlar to‘planib yuborildi.

Prezidentimizning virtual qabulxonasi orqali jismoniy va yuridik shaxslardan “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari  korxonasi” AJga 2021 yilda jami 6 ming 525 ta murojaat kelib  tushgan. Shundan 6 ming 370 tasi hal qilingan, 155 tasi ijro etish jarayonida.


Ochiq va erkin muloqot tarzida o‘tgan tadbir so‘ngida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldi.

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat) O‘zA

  • 21.02.2022
  • 1151
Sayt xaritasi