MEHNATNI MUHOFAZA QILISH FAOLIYATINI MAXSUS YANGI ELEKTRON DASTUR ASOSIDA YО‘LGA QО‘YISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN VIDEOSEMINAR TASHKIL ETILDI
Joriy yil 17 fevral kuni “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi”da “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda О‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Rossiya atom energetikasi va sanoat kasaba uyushmasi bilan hamkorligida onlayn amaliy о‘quv videoseminari о‘tkazildi.
Mehnatni muhofaza qilish faoliyatini maxsus yangi elektron dastur asosida yо‘lga qо‘yish bо‘yicha о‘tkazilgan seminarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati xodimlari, Atom energetikasini rivojlantirish agentligi va “О‘ztransgaz” AJ vakillari hamda joylardagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Jonli muloqot shaklida tashkil etilgan videoseminarda asosiy e’tibor xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi masalalarini atroflicha muhokoma etishga qaratildi. Soha xodimlari о‘zaro fikr almashib, yoqilg‘i-energetika kompleksi sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qо‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish bо‘yicha о‘z mulohazalarini bildirdilar.
Seminar yakunida tadbir ishtirokchilari “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi” faoliyati bilan tanishib, bu yerda yaratilgan zamonaviy mehnat sharoitlariga yuqori baho berishdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.