YER OSTIDAN OʻTGAN YUQORI KUCHLANISHLI KABEL TARMOGʻINI YANGILASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Aholi farovonligini ta’minlash, turmush darajasi va sifatini oshirish, ular uchun ijtimoiy-maishiy qulay sharoitlar yaratish masalalari energetika sohasining rivojlanishi va samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Binobarin, aholining ishonchli va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanishi hayot farovonligi hamda turmush darajasining muhim omillaridan biri bo‘lib, jamiyatimizdagi ijtimoiy muhitga, odamlarning kayfiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Bu esa soha faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berishni taqozo etadi.
Ayni vaqtda, shahar elektr taʼminoti korxonasi ishchi –xodimlari tomonidan yangi dastur asosida yer ostidan oʻtgan yuqori kuchlanishli kabel tarmogʻining yangilash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni ham tezkorlik bilan joyida hal etish choralari ham ko`rilmoqda.
"Navoiy HETK" AJ matbuot xizmati.