PODSTANSIYA QUVVATI OSHIRILMOQDA
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidagi 35/10 kV kuchlanishli Chorvador nimstansiyasini 12 km uzunlikdagi yangi 110 kV li elektr uzatish tarmogʻini qurish orqali 110/35/10 kV nimstansiyasiga aylantirishga oid rekonstruksiya amalga oshirilmoqda.
Ayni kunda nimstansiyadagi mavjud kuch transformatorlar quvvatini 16,0 MVA va 10,0 MVA ga yetkazish uchun ishlar tashkil etilgan.
Buning natijasida qoʻshimcha 18,8 MVA quvvat yaratilib, hududning Qanotli, Toshli, Chorvador, Beglamish, Soyboʻyi MFY laridagi jami 4835 nafar isteʼmolchining elektr taʼminotini tubdan yaxshilash imkoniyati paydo bo‘ladi.
"Qashqadaryo HETК" AJ мatbuot xizmati.