“KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUIDA DAVRA SUHBATI BО‘LIB О‘TDI
“Surxondaryo HETK” AJ majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish va "komplayens nazorat" bо‘limi boshlig‘i X. Umarov va Surxondaryo viloyat prakraturasi iqtisodiy qonunchilik ustidan nazorat qilish bо‘limi xodimi E. Musirmonov, adliya boshqarmasi bо‘lim boshlig‘i O. Qurbonov, ichki ishlar boshqarmasi JKB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bо‘limi xodimi F.Sattorov hamda tergov boshqarmasi о‘ta muxim ishlar bо‘yicha tergovchisi SH. Rahimov ishtirokida jamiyat xodimlari uchun “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati о‘tkazildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida maqsadli siyosat olib borilib, ushbu sohada qonunchilik asoslarini takomillashtirish, davlat organ va tashkilotlarining xalq oldida hisobdorligini hamda ularning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tadbir sо‘nggida jamiyat ishchi-xodimlarining korrupsiyaga yo'l qo'ymasliklari, umuman, bu kabi holatlarga murosa qilmasliklari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
“Surxondaryo HETK” AJ matbuot xizmati.