«KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI»
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» АJda ayni mavzuda tadbir o'tkazildi.
Tadbirda, jamiyatning iqtisod va moliyaviy masalalar bo'yicha direktori A. Ashrafxonov, Korrupsiyaga qarshi kurash va «komplaens-nazorat» bo'limi boshlig'i O. Yaxshiyev va huquq tartibot organlari mas'ul xodimlari hamda korxonaning yurist ishchi-xodimlari qatnashdi.
Unda, huquq tartibot organi mas'ul xodimi A. Jo'raev va jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurash va «komplaens-nazorat» bo'limi boshlig'i O. Yaxshiyev mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Qayd etildiki, korrupsiya bu – har qanday jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi illatlardan biridir. Shu bois, mamlakatimizda korrupsiya bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish va unga qarshi keskin kurashishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Yig`ilishda har qanday davlatning rivojlanishi davlat xizmatchilarining vatanparvarligiga, zimmasidagi mas'uliyatni anglashiga, sadoqati va fidoyiligiga bog'liqligi aytildi. Ushbu xislatlarga ega bo'lmagan davlat xizmatchisi korrupsiyadan xoli bo'la olmasligi, natijada poraxo'rlikka, mansabini suiiste'mol qilishga, oqibatda, jamiyatning obro'sizlanishiga sabab bo'ladi. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetadi. Korrupsiya murosa qilib bo'lmas global tahdid hisoblanishi, shu sababli dunyo miqyosida barcha davlatlarda bu illatga qarshi kurashib kelinayotganligi ta'kidlandi.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashda juda muhim bo'lgan ikki hujjat – O'zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi Qonuni va uning asosida davlatimiz rahbarining «Korupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori haqida atroflicha ma'lumot berildi.
Yuqorida qayd etilgan qonun bu jirkanch illatga qarshi kurashishda mustahkam huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda, qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, tizimlilik va boshqa bir qator sifatlar korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» АJ da ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat xodimlarining mazkur qonun mazmun-mohiyatidan xabardorligini oshirish maqsadida bu kabi tadbirlar jamiyatning quyi tuzilmalari tomonidan ham o'tkazilmoqda.
Tadbir davomida jamiyat ishchi-xodimlarining korrupsiyaga yo'l qo'ymasliklari, umuman, bu kabi holatlarga murosa qilmasliklari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot хizmati.