ALOQA UCHUN

KAYKOVUS MAHALLASI "SOY- SOXILI" KO‘CHASIGA YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

KAYKOVUS MAHALLASI "SOY- SOXILI" KO‘CHASIGA YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Namangan tumanida joylashgan 35/6 kVli "Chek" nimstansiyasidan chiquvchi 6 kVli "Kaykovus" havo elektr uzatish tarmog‘iga ulangan quvvati 630 kVA bo‘lgan 483-sonli iste’molchi tasarrufidagi transformator punkti orqali "Soy-Soxili" mahallasi elektr ta’minotiga ega.

"Kaykovus" mahalla fuqarolar yig‘ini "Soy-Soxili" ko‘chasiga yangi 4 km masofaga SIP kabellarini tortish uchun 107 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatilmoqda.

Hozirda 6 kVli tarmoqda 10,5 metrli 26 dona temir-beton tayanchlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, mahallaga qo‘shimcha quvvati 250 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rnatish rejalashtirilgan.

"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 15.02.2022
  • 872
Sayt xaritasi