KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI!
Bugungi kunda “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimida 2300 dan ziyod ishchi xodimlar mehnat qilib kelmoqa. Jamiyatning majlislar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish o‘tkazildi. Shahar va tumanlargan xodimlar video konferensiya aloqasi orqali tadbirda qatnashdi.
Yig‘ilishda Bosh direktor A. Muzapov inson hayoti davomida uchrab turadigan korrupsion holatlarga har bir xodim qarshi kurashish lozimligi, bu illat korxonalarning ishlab chiqarish va iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi haqida so‘zladi.
Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi U. Tayloqov mas'ul shaxslar tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etilishi oqibatlari yaqinda "Samarqand HETК" xodimi ishtirokidagi holat misolida so‘zlab berdi. Bu kabi holatlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish muhimligiga e'tibor qaratildi.
"Qashqadaryo HET" AJ matbuot xizmati.