“NAMANGAN HETK” AJ XODIMLARI UCHUN “KORRUPSIYA – JAMIYATIMIZ KUSHANDASI” MAVZUSIDA O‘QUV SEMINAR TASHKIL ETILDI
“Namangan HETK” AJ majlislar zalida jamiyat bosh direktori, soha bo‘yicha direktorlari, xizmat va bo‘limlar boshliqlari, bosh muhandislari va EESB boshliqlari, tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonalarining boshliqlari, bosh muhandislari hamda ishchi xodimlar o'rtasida viloyat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida jamiyatda faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan Jo‘rabek Qoraboyev hamda Alimardon Inamov kuni kecha, Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tadbirkordan 5 mln so‘m pulni o‘z shaxsiy manfaatiga “Firibgarlik” yo‘li bilan undirmoqchi bo‘lgan elektromontyor ushlanib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Samarqand viloyati Departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi DXX Bulung‘ur tumani bo‘limining tezkor xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Samarqand HETK” AJ “Bulung‘ur” tumani elektr ta’minoti korxonasining uchastka elektromontyori,yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaroga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga asosan 22 mln so‘m moddiy zarar hisoblanishi va kompyuter bazasiga kiritilishini oldini olish va qayta hisob-kitob qilish orqali soxta ravishda 3 mln so‘m miqdoridagi moddiy zararni kompyuter bazasiga kiritib berish evaziga tadbirkordan 5 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Namangan shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i Murodjon Raximov navbatdagi ma’ruzachi sifatida so‘z yuritar ekan, Davlat rahbarining tashabbusi bilan 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash” to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingani, shuningdek, 2020 yil 29 iyun kungi 4761-sonli Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi” tashkil qilinganiga to'xtalib o'tdi.
Ushbu normativ hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida, hududlarda “Korrupsiyaga qarshi kurash va komplayens nazorat” bulimlari tashkil qilindi va tashkil qilib kelinmoqda. Maqsad korrupsiyasiz jamiyat barpo etish, bu orqali esa davlatimizni rivojlantirish, rivojlanib borayotgan davlat fuqarolari, ya’ni aholisi esa turmush darajasi yaxshilanadi, yuksaladi, yanada farovon hayot kechiradi.
“Namangan HETK” AJning barcha xodimlari kelgusida Samarqand viloyatidagi kabi holat bo‘lmasligi uchun tegishli xulosa chiqarishimiz, ish faoliyatimizda, hayotimizda korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymasdan, aksincha unga qarshi kurashish, oldini olish, uni bartaraf etish, hamkasbimiz, bir bo‘limda, jamoada ishlaydigan akamiz-ukamizga “Bu ishni qilmang, axir oqibati jinoiy jazoga olib boradiku, bu bilan o‘z yaqinlaringizni ham g‘amga botirasiz, farzandlar kelajagiga ham salbiy ta’sir qilishini doimiy uqtirishimiz lozim”- deydi Abduraxmon Siddiqov.
“Namangan HETK” AJ matbuot xizmati.