«KATTA HASANBOY» MAHALLASINING KOʻP YILLIK MUAMMOLARI TOʻLIQ BARTARAF ETILMOQDA
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ hamda uning tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan aholiga sifatli elektr energiyasi yetkizib berish hamda sharoiti og’ir hududlarda elektr ta'minotini yaxshilash bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy 2022 yilda Yunusobod tumanidagi «Og‘ir hudud»lar rо‘yhatiga «Katta hasanboy» mahallasi ham kiritilgan bo`lib, hududda 150 dan ortiq aholi istoqomat qiladi.
Ayni vaqtda ushbu mahalla hududiga yangi havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish uchun temir beton tayanchlari о‘rnatish va yangi zamonaviy rusumdagi SIP kabel tarmoqlarini tortish ishlari bajarilmoqda. Bundan tashqari, aholi iste`molchilarini sifatli hamda barqaror elektr energiyasi bilan ta`minlash maqsadida, mahalla hududiga 1 dona quvvati 400 kVA bo`lgan yuqori kuchlanishli yangi TP-6927-sonli transformator punkti o`rnatib berildi.
Ushbu ishlar yakunida, «Katta Hasanboy» mahallasining Ahrorobod, Ahrorobod 1-berk va 2-berk hamda Ahrorobod 1-tor ko`chalarida istiqomat qilayotgan aholi iste`molchilarining yillar davomida elektr bilan bog‘liq muammolari to’liq bartaraf etiladi.
Bundan tashqari, joylarda, tegishli dastur asosida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma–bosqich olib borilmoqda.
«Toshkent shahar ЕТК» AJ matbuot xizmati.