ALOQA UCHUN

KORRUPSIYA ILLATIGA QARSHI KURASHISHDA BARCHAMIZ JIPSLASHMOG‘IMIZ ZARUR

KORRUPSIYA ILLATIGA QARSHI KURASHISHDA BARCHAMIZ JIPSLASHMOG‘IMIZ ZARUR

Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida maqsadli siyosat olib borilib, ushbu sohada qonunchilik asoslarini takomillashtirish, davlat organ va tashkilotlarining xalq oldida hisobdorligini hamda ularning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugun Bulung‘ur elektr ta’minoti korxonasi majlislar zalida о‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqda alohida tо‘xtalib о‘tildi.

Tuman prokuraturasi, DXX va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departament tuman bо‘limlari hamda “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bо‘limi hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilishda sо‘z olganlar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga tо‘xtalib,  jumladan, “Samarqand HETK” AJ tarkibidagi shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari о‘rtasida korrupsiya kabi jirkanch holatlar bilan murosasiz kurash olib borilayotganiga yig‘ilganlar e’tiborini qaratishdi.

Guruch kurmaksiz bо‘lmaganidek, ming afsuski, elektr ta’minoti korxonasi xodimlari о‘rtasida moddiy manfaatini kо‘zlab qonunbuzarlik holatlari sodir etayotganlar ham uchrab turgani achinarli holdir.

Yaqinda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Bulung‘ur tumani bо‘limlari tomonidan о‘tkazilgan tezkor tadbirda Bulung‘ur elektr ta’minoti korxonasi elektromontyori B.M. ashyoviy dalillar bilan ushlanib, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyat ishi qо‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yig‘ilishda ayni holat yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirilib, soha xodimlari orasida uchrayotgan mana shunday salbiy holatlardan tо‘g‘ri xulosa chiqarish hamda korrupsiya va ta’magirlik kabi illatlarning oldini olish borasida zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish sо‘ngida “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tizimda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bо‘limi faoliyat yuritayotganiligiga ham tо‘xtalib, «Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq xodimlar о‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralari kо‘rilayotganligi xususida ham gapirildi.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 10.02.2022
  • 1070
Sayt xaritasi