ALOQA UCHUN

ELEKTR UZATISH TARMOQLARI QURILMOQDA

ELEKTR UZATISH TARMOQLARI QURILMOQDA

“Andijon HETK” AJ tomonidan joylarda aholi murojaatlarini o'rgangan holda elektr energiyasidan muammolar yuzaga kelgan hududlarni kamchiliklarini bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.

Andijon tuman “Mirpo'stin” MFY Loyihaviy ko'chasida yashovchi aholi xonadonlarining murojaatiga asosan hamda  manzilli dasturlar ijrosini ta'minlash maqsadida “Mirpo'stin” MFY Loyihaviy ko'chasida elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu loyihaviy ko'chasiga loyiha xujjatlariga asosan 30 dan ziyod beton tayanchlar va 1,1 km uzunlikdagi 10-04 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan bo'lib hozirgi kunda Andijon tuman elektr ta'minoti korxonasi  xodimlari tomonidan beton tayanch o'rnatish, Asaka tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan "Ko'jgan" MFY, Buloqboshi tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan Tinchlik, Zarg'aldoq MFY hududlarida 0,4 kVli elektr uzatish tarmog'i qurish, Asaka tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan "Qurama" MFY Qurama ko'chasida, Shahrixon tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan "Yakkatut" MFY Olmazor ko'chasida, Qo'rg'ontepa tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan "Ijtimoyat" MFY hududiga temir-beton tayanch o'rnatish ishlari  jadallik bilan olib borilmoqda.

Shuningdek, Buloqboshi tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan "Sharq yulduzi" MFY Ko'kcha ko'chasiga yangi o'rnatilgan quvvati 160 kVA bo'lgan 507-sonli transformator punktini ishga tushirish hamda "Toshkechik" MFY Yettikapa ko'chasiga yangi o'rnatilgan temir-beton tayanchlarga 300 metr uzunlikdagi 0,4 kVli SIP kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 10.02.2022
  • 1222
Sayt xaritasi