ALOQA UCHUN

«OBOD MAHALLA» DASTURI UCHTEPA TUMANIDA

«OBOD MAHALLA» DASTURI UCHTEPA TUMANIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod mahalla» Davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq Toshkent shahrida ham keng koʻlamli ishlar davom ettirilmoqda.

Jumladan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ hamda uning tasarrufidagi Uchtepa tumaniga qarashli «Qoziguzar» hamdа «Istirohat» mahallalari ham «Obod mahalla» dasturiga kiritilgan bo`lib, dasturga asosan ishlar jadal suratlarda olib borilmoqda. 

Ayni vaqtda, tumandagi fider Said-2 uzatmasidan taʼminlanuvchi yuqori kuchlanishli TP-1908-sonli transformator podstansiyasida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, tumandagi «Qoziguzar» mahallasi Guliston 3-tor koʻchalaridagi aholi isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlab beruvchi havo elektr uzatish tarmoqlaridagi eski alyumin simlarni yangi 3,0 metrdan ortiqroq yangi zamonaviy rusumdagi SIP kabel tarmoqlariga almashtirildi.

Buning natijasida ushbu mahallada istiqomat qilayotgan 200 ga yaqin  aholi xonadonlarining elektr energiyasi taʼminoti yanada yaxshilanishiga erishiladi. 

Bularning barchasi isteʼmolchilarni sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.

  • 09.02.2022
  • 970
Sayt xaritasi