ALOQA UCHUN

MАRHАMАTNING OGʼIR HUDUDLАRI OBOD BOʼLMOQDА

MАRHАMАTNING OGʼIR HUDUDLАRI OBOD BOʼLMOQDА

Marhamat tumanida 8 ta MFY ogʼir hudud deb tanlab olingan boʼlib, ushbu MFYlarda qurilish taʼmirlash ishlari davom etmoqda. Xususan, “Uvaysiy” MFY da 71 dona temir-beton tayanchlar hamda 1 dona quvvati 100 kVА boʼlgan transformator punkti oʼrnatildi. Ushbu hududdagi 2 dona transformator punkti toʼla taʼmirlandi.

Shuningdek “Konchilar” MFY hududiga 40 dona temir-beton tayanchlar olib kelib oʼrnatildi va 1 dona transformator punkti hamda 9 km havo tarmogʼi toʼla taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari “Polvontosh” hamda “Yangi hayot” MFY hududlarida jami 45 dona temir-beton tayanchlar oʼrnatish ishlari olib borilmoqda. 

Hozirda tumanning Xoʼjaariq MFY Ulugʼvor koʼchasida 1 dona transformator punkti va 1 km uzunlikdagi kabel havo tarmogʼi qurish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. 

Yuqorida keltirib oʼtilgan MFYlardagi qurilish taʼmirlash ishlari tez orada yakunlanib aholi xonadonlariga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishi taʼminlanadi.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

 

  • 08.02.2022
  • 560
Sayt xaritasi