ALOQA UCHUN

SAXOVAT MAHALLASIGA YANGI ELEKTR TARMOGʻI QURILIB, QO‘SHIMCHA TRANSFORMATOR PUNKTI O‘RNATILADI

SAXOVAT MAHALLASIGA YANGI ELEKTR TARMOGʻI QURILIB, QO‘SHIMCHA TRANSFORMATOR PUNKTI O‘RNATILADI

"Saxovat" mahallasida istiqomat qiluvchi iste’molchilar, Yangi Namangan tumanida joylashgan 110/10 kVli "Samarqand" nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Bo‘ston" elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr ta’minotiga ega.

Mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini 2022 yil "Og‘ir hudud" ro'yxatiga kiritilgan bo‘lib, yangi xo‘jaliklar ko‘chib chiqib joylashishlari uchun er maydonlari ajratilgan. Shundan kelib chiqilib, bu erdagi aholi iste’molchilari uchun quvvati 250 kVA bo‘lgan yangi transformator o‘rnatilishi rejalashtirildi. 

Bundan tashqari, "Saxovat" mahallasi "Gaiston" ko‘chasiga yangi 3 km masofaga SIP kabellarini tortish uchun 59 dona temir-beton tayanchlar tiklandi.

"Namangan HETK" matbuot xizmati.

  • 08.02.2022
  • 652
Sayt xaritasi