ALOQA UCHUN

“YANGI TURMUSH” MAHALLASI YANGILANISH BО‘SAG‘ASIDA

“YANGI TURMUSH” MAHALLASI YANGILANISH BО‘SAG‘ASIDA

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bugun qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasi tubdan yaxshilanib, turmush darajasi oshishiga xizmat qilmoqda. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida kuzatilayotgan bu kabi shiddatli rivojlanish sur’atlari, eng avvalo, elektr energiyasiga bо‘lgan ehtiyojning ortishiga olib kelishi tabiiy holdir.

Elektr quvvatiga nisbatan oshib borayotgan ehtiyojni tо‘laqonli qondirish, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash uchun tizimda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan  "Obod qishloq" va "Obod mahalla"  dasturlari doirasida Xonqa tumani “Yangi turmush” mahallasida elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi.

Ta’kidlash joizki, “Yangi turmush” mahallasi  chekka hududda joylashgan bо‘lib, bugungi kunda mahallada 1032 ta xonadonda 5431 nafar fuqaro istiqomat qiladi.

Mahalla aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida eski yog‘och ustunlar yangi temir-beton tayanch ustunlariga almashtirilib, 24,5 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini yangidan tortish hamda yangi 4 ta yangi transformator о‘rnatilishi va mavjud  5 ta transformator punktlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.

"Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi ishlar viloyatning barcha hududlarida izchil davom etadi.

“Xorazm HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 07.02.2022
  • 1078
Sayt xaritasi