ALOQA UCHUN

OG’IR HUDUDLARNI OBOD QILISH YO’LIDAMIZ

OG’IR HUDUDLARNI OBOD QILISH YO’LIDAMIZ

Andijon viloyatida har bir shahar va tumanlardagi sharoiti nisbatan og’ir hududlar tanlab olinib, ularda kompleks rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash darajasiga talab ortib bormoqda.

Bu borada Asaka tumanida tanlab olingan og’ir hudud 6ta MFY ni tashkil etib, hozirda ushbu mahallalarning barchasida maxsus tehnika va brigadalar jalb qilindi va ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Ushbu og’ir hududlar Argʻin, Toshtepa, Mehnatobod, Navoiy, Qurama, Shoʻrqishloq MFY lari bo’lib hozirda “Navoiy” MFY hududida 1 dona transformatorni quvvati 250 kVA quvvatlisiga oshirildi, 10 dona temir beton tayanchlar oʻrnatildi hamda 500 metr SIP kabel tarmoqlari tortildi.

Shuningdek, “Arg’in” MFYda 53 dona beton tayanch oʻrnatildi, 300 metr tarmoq tortildi. Yana bir mahalla “Toshtepa” MFY da 1 dona quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti oʻrnatilib 43 dona temir beton tayanchlar oʻrnatildi.

Bundan tashqari ayni vaqtda Shoʻrqishloq, Qurama, Mexnatobod MFY hududlarida ham temir beton tayanchlar o’rnatish hamda zamonaviy SIP kabellar tortish ishlari olib borilmoqda. 

Hozirda viloyatimizni har bir belgilangan og’ir hududlarida tizimli ishlar doimiy tashkillangan.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 07.02.2022
  • 988
Sayt xaritasi