ALOQA UCHUN

QIRG‘IZISTON MILLIY ENERGOXOLDING RAHBARI XORAZMDA ASKUE TIZIMI BILAN YAQINDAN TANISHDI

QIRG‘IZISTON MILLIY ENERGOXOLDING RAHBARI XORAZMDA ASKUE TIZIMI BILAN YAQINDAN TANISHDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni hamda iste’molchi va ta’minotchi korxonalar о‘rtasida amalga oshirilayotgan munosabatlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi hamda Vazirlar “Elektr energiyasini hisobga olish va avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni jadallashtirish chora-tadirlari tо‘g‘risida”gi qarorlariga asosan mamlakatimiz iste’molchilariga о‘rnatilgan hisoblagichlarning 98 foizi billing tizimiga ulanishi ta’minlandi.

Ushbu tizim ishga tushirilgan davr mobaynida, “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi” filialining Tashqi aralashuvlarni aniqlash bо‘limi tomonidan kо‘plab qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.


Kecha Qirg‘iziston Respublikasi Milliy energoxolding boshqaruvi raisi Talaybek Baygaziyev Xorazm viloyatida bо‘ldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi о‘rinbosari J. Obidjonov viloyatimiz bо‘ylab sohada olib borilayotgan islohotlar, xususan, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) faoliyati bilan tanishtirar ekan, dastavval Bog‘ot va Yangiariq tumanlari hamda Xiva shahrining chekka hududlaridagi iste’molchilar uchun yaratilgan sharoitlarni kо‘zdan kechirishdi. Shundan sо‘ng “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi”da bо‘lib, bu yerda tashkil etilgan zamonaviy ish jarayonlarini yaqindan kuzatdilar.


 

Dasturiy ta’minot orqali iste’molchilarga xizmat kо‘rsatish imkoniyati mavjudligi haqida atroflicha tо‘xtalib о‘tishdi.

О‘zaro tajriba almashish maqsadida tashrif buyurgan mehmon, viloyat, tuman (shahar) va mahallalar kesimida elektr energiyasi iste’molchilarining ma’lumotlari saqlanishi, maxsus dasturiy ta’minot orqali elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shaklllantirish, kо‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni mavjudligi bilan tanishib, о‘zining taassurotlari bilan о‘rtoqlashdi.

Shuningdek, mehmonga qarzdor iste’molchilarni tо‘liq avtomatik ravishda о‘chirish va sarf qilingan elektr energiyasi uchun tо‘lov amalga oshirilgandan sо‘ng qayta yoqish, masofadan turib elektr hisoblagichlarni qayta dasturlash, iste’molchilar hisoblagichlaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash hamda energetika tizimini nazorat qilish kabi vazifalarni amalga oshirilishi tushuntirib berildi.

Tashrif sо‘ngida nufuzli mehmon “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tizimda olib borilayotgan keng kо‘lamli say-harakatlarga yuqori baho berib, о‘zining iliq fikrlarini bildirdi.

“Xorazm HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 04.02.2022
  • 950
Sayt xaritasi