ALOQA UCHUN

“FARGʻONA HETK” AJ TOMONIDAN OAV ISHTIROKIDA PRESS-TUR HAMDA MATBUOT ANJUMANI TASHKIL ETILDI

“FARGʻONA HETK” AJ TOMONIDAN OAV ISHTIROKIDA PRESS-TUR HAMDA MATBUOT ANJUMANI TASHKIL ETILDI

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Fargʼona viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirga asosan, "Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan viloyatda elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarini modernizasiya-rekonstruksiya qilish va yangilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur hamda matbuot anjumani tashkil etildi.

Ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-tur Farg‘ona tumanining “Maydon” mahalla fuqarolar yig‘inida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizasiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirishdan boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida, tuman markazidan olis hududda joylashgan mahallada bugungi kunga kelib 4 dona turli quvvatdagi transformator punkti o‘rnatildi. 12,9 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari tortilib, buning uchun 300 ga yaqin yangi temir-beton tayanchlari o‘rnatildi. Mazkur hududda ayni kunlarda yakuniy montaj ishlari olib borilib, 550 dan ortiq iste’molchi elektr ta’minotini yaxshilashga erishilmoqda.

O‘tkazilgan tadbirda ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. O‘z navbatida, amalga oshirilgan ishlar hamda ishchi-xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar yuksak e’tirof etildi.

Kunning ikkinchi yarmida "Fargʼona HETK" AJ rahbariyati ishtirokida Matbuot anjumani o'tkazilib, unda hususan viloyatda elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarini modernizasiya-rekonstruksiya qilish va yangilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. 

Jumladan, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida, o‘tgan 2017-2021 yillar mobaynida 1041 ta mahalla fuqarolar yig’ini hududida 4 278,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari tortilib, 1132 dona turli quvvatdagi transformator punktlari o‘rnatildi. 

Shundan, 2021 yilda 332 dona trli quvvatdagi transformator punktlari o‘rnatilib, 1 228,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari qurildi.

Buning natijasida viloyat bo‘yicha umumiy hisobda 320 ming aholi va 20 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’yektlarining elektr ta’minoti yaxshilandi. Bundan tashqari 12 ta nimstansiyadagi mavjud 14 ta kuch transformatorlari rekonstruksiya modernizasiya qilinishi natijasida 100 mingdan ziyod aholi va 2400 dan ziyod tadbirkorlik sub’yektlarining elektr ta’minoti yaxshilanishiga erishildi.

2021 yilning may oyida O‘zbekiston tumanidagi “Yaypan” nimstansiyasidagi zo‘riqish bilan ishlab kelgan kuch transformatori yangi quvvati 40 ming kVA bo‘lgan transoformatoriga almashtirildi. Bu bilan O‘zbekiston va Furqat tumanlaridagi 30 mingdan ziyod aholi va 700 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlarini elektr ta’minotini yaxshilash bilan birga qo‘shimcha 20 ming kVt quvvat zaxirasi hamda kelajakda istiqbolli loyihalarning amalga oshirishga zamin yaratildi. 

Tadbir davomida joriy yil “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tegishli qaror va dasturlar ijrosi yuzasidan 1 233,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurilib, 331 dona turli quvvatdagi transformator punktlari o‘rnatilishi rejalashtirilgani hududlar kesimida ko’rsatib o’tildi.

Bundan tashqari, joriy yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida 101,8 km elektr tarmoqlari yangidan qurilib, 76 dona turli quvvatdagi transformator punktlari o‘rnatilishi rejalashtirilgani qayd etib o'tildi.

Matbuot anjumani ochiq muloqot tarzida oʼtib, ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi, taklif va tashabbuslari atroflicha tinglandi.

“Farg'ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 04.02.2022
  • 1128
Sayt xaritasi