ALOQA UCHUN

QAYRAGʻOCHOVUL MAHALLASIGA YANGI ELEKTR TARMOGʻI QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

QAYRAGʻOCHOVUL MAHALLASIGA YANGI ELEKTR TARMOGʻI QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

"Qayrag‘ochovul" mahallasida istiqomat qiluvchi iste’molchilar, Mingbuloq tumanida joylashgan 35/10 kVli "Mehnatobod" nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Baynalminal" elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr ta’minotiga ega.

Mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini 2022 yil "Og‘ir hudud" tasarrufiga  kiritilgan bo‘lib, mavjud 250 kVA 52 bo‘lgan transformator punktiga qo‘shimcha quvvati 250 kVA bo‘lgan yangi transformator o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, mahalladagi "Shifokor" hamda "Tafakkur" ko‘chalariga yangi 3 km masofaga SIP kabellarini tortish uchun 80 dona temir beton tayanchlar tiklandi.

"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 04.02.2022
  • 837
Sayt xaritasi