ALOQA UCHUN

RASMIY MUNOSABAT

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda «'Hozir'lari ikki soatga chо‘zilib ketdi — Meni shunchaki ahmoq qilishdi!» sarlavhali murojaat e’lon qilindi. Unda ma’lum qilinishicha,  Sergeli tumanida yashovchi fuqaro qarzdorlik sabab tarmoqdan ajratilgan bо‘lib, qarzdorlik bartaraf etilsada, о‘z vaqtida elektr ta’minoti qayta tiklanmagan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mazkur holat о‘rganilib, quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yil 2 fevral kuni soat 13:25 da Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi elektr energiyasi iste’molchisining foydalanilgan elektr energiyasidan qarzdorlik yuzaga kelgani sababli masofadan (ASKUE tizimi) elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 13:44 da fuqaro tomonidan qarzdorlik bartaraf etilgan. Soat 15:55 da qayta tarmoqqa avtomat tarzda ulangan. Iste’molchi  hisoblagichi va  mazkur hududda joylashgan transformator punktidagi qurilma о‘sha paytda kuzatilgan internet tezligi pastligi tufayli о‘z vaqtida aloqaga chiqmagan.  Shu sababli iste’molchi belgilangan vaqtda qayta tarmoqqa ulanmaslik holati kuzatilgan.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Foydalanilgan elektr energiyasidan qarzdorlik ortidan uzilishlarning oldini olish uchun tо‘lovlarni о‘z vaqtida amalga oshirish kerakligini yana bir bor eslatib о‘tamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

 

  • 03.02.2022
  • 1558
Sayt xaritasi