KARMANA TUMАNIDА YASHOVCHI 420 DAN ORTIQ AHOLI XONADONINING ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
Keyingi yillarda yurtimizda manzilli dasturlari doirasida hududlar infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, koʼkalamzorlashtirish, qishloqqa sanoatni olib kirish orqali aholi bandligini taʼminlash bilan bogʼliq muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi amaliy ishlar energetika sohasida oʼz ifodasini topmoqda.
Xususan, Karmana tumani elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan “Navruz” MFY hududida qurilish taʼmirlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Ushbu hududda yashovchi 420 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasini yaxshilash maqsadida 200 dona temir-beton tayanchlar oʼrnatilib, 5 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortilmoqda.
Endilikda ushbu hududga quvvati 160 kVА boʼlgan 2 ta transformator punkti olib kelib oʼrnatiladi.
"Navoiy HETK" AJ matbuot xizmati.