FARG‘ONA XABARLARI
“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida maxsus brigadalar tashkil etilgan bo’lib, ularning asosiy faoliyati yuzaga kelgan avariyali uzilishlarni qisqa vaqtda xavfsiz ish tashkil etgan holda bartaraf etish hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.
Hususan,Qo’qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Noib ko’prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 180-sonli transformator punkti hamda 420-sonli transformator punktlarini o’zaro bog’lovchi 6 kVli yangi kabel tarmog’ini tortish ishlari boshlandi.
Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan “Noib ko’prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi temir–beton tayanchlar o’rnatish va tarmoq tortish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda.
Quvasoy shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 526- hamda 95-sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda. Ayni vaqtda mazkur hududga loyiha bo’yicha yangi temir-beton tayanchlari o’rnatish ishlari boshlandi.
O’zbekiston tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Shodlik” mahalla fuqarolar yigʼini hududiga 0,4–10 kVli yangi elektr uzatish tarmogʼini qurish uchun hududga olib kelingan temir–beton tayanchlari loyiha asosida oʼrnatilib, kabel tarmog’ini tortish ishlari boshlandi.
Joylarda elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
“Farg’ona HETK” AJ matbuot xizmati.