ALOQA UCHUN

“HAR BIRINGIZNING HAYOTINGIZ MEN UCHUN QADRLI”...

“HAR BIRINGIZNING HAYOTINGIZ MEN UCHUN QADRLI”...    

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ вoshqaruv raisi Ulugʻbek Mustafoyev tomonidan ilgari surilgan mazkur shior ostida tizimdagi korxonalarda ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy amal qilish, bu borada masʼullarning javobgarligini kuchaytirishga eʼtibor qaratilmoqda.

«Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJda boʻlib oʻtgan seminarda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan xodimlarga kasb malakasi va xavfsizlik texnikasi koʻnikmasiga doir qoʻshimcha tushunchalar berildi.

Videokonferensiya tarzida oʻtgan seminarda tuman va shaharlar ETK xodimlari ham ishtirok etdi.  Seminarni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshligʻi Murod Egamqulov olib bordi.

"Qashqadaryo HET" AJ matbuot xizmati.

  • 31.01.2022
  • 1021
Sayt xaritasi