ALOQA UCHUN

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ: POYTAXT ENERGETIKLARI DOIMO XALQ XIZMATIDA

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ: POYTAXT ENERGETIKLARI DOIMO XALQ XIZMATIDA

Avval xabar berilganidek, Markaziy Osiyo yagona elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi oqibatida mamlakatimiz hududlarida, xususan Toshkent shahrida ham elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtinchalik uzilishlarga sabab boʻldi. Buning natijasida elektr tarmoqlarida uzilishlar kuzatildi.

Shu kunning oʻzidayoq, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ va uning tizimidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalarining tezkor dispetcherlik xizmatlari hamda tezkor brigadalarining asosiy kuch va texnikalari yuzaga kelgan holatlarni zudlik bilan bartaraf etishga qaratildi.

Kun davomida barcha kuch va texnikalarni jalb qilgan holda ishlar jadal olib borilib, elektr tarmoqlaridagi avariyalarning barchasi bosqichma-bosqich toʻliq bartaraf etilmoqda va hozirda ishlar davom ettirilmoqda. 

Ayni paytgacha, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalari xodimlari tomonidan olib borilgan saʼy-harakatlar tufayli elektr taʼminotida uzilish boʻlgan hududlardagi isteʼmolchilar elektr energiyasiga ulandi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ va uning tasarrufidagi tuman elektr taʼminoti korxonalarining ogʻir sharoit yuzaga kelishiga shay turishiga hamda puxta koʻrilgan tayyorgarlik ishlariga qaramay, ayni vaqtda yuzaga kelgan nosozliklar sababli Toshkent shahrining ayrim tumanlarida gaz bosimining yoʻqolishi yoki uni pasayib ketishi natijasida isteʼmolchilar ortiqcha elektr uskunalaridan foydalanishmoqda. Natijada, mavjud elektr qurilmalariga ortiqcha yuklamalarning ortishi natijasida transformator podstansiyalarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari (avariyalar) kuzatilmoqda va bu elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlab berishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Shunga qaramay, poytaxt energetiklari tomonidan energotizimda kuzatilgan nosozliklar sababli yuzaga kelgan va kelayotgan muammolarni bartaraf etish uchun barcha choralar koʻrilmoqda.

Hurmatli vatandoshlar! Energetiklar tomonidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar va hozirgi sharoitdan kelib chiqib, sizdan elektr qurilmalaridan oqilona foydalanishingizni va xonadoningizda ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni soʻraymiz.

Bu saʼy-harakatlar koʻproq isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashga yordam beradi.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.

  • 27.01.2022
  • 1592
Sayt xaritasi