SABR-TOQATLI XALQIMIZGA KUNU TUN XIZMATDAMIZ
Andijon viloyatida birinchi navbatda kо‘p qavatli turar joylarda yashovchi aholi iste’molchilari va ijtimoiy soha obyektlari elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.
Hozirgi vaqtda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib viloyatimizning qolgan hududlarida ham navbatma-navbat elektr energiya ta’minoti tiklash ishlari olib borilmoqda.
Viloyatning ayrim hududlariga elektr energiyasi yetkazilib berilishiga qaramay, ba’zi joylardagi elektr qurilmalarda о‘ta yuklama holatdan nosozliklar yuzaga kelmoqda, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun tunu kun jamiyatning ma’sul xodimlari tomonidan maxsus texnika va zaxira materiallardan foydalangan holda barcha zarur choralar kо‘rilmoqda.
Sabr-toqatli xalqimizga vaziyatni tо‘g‘ri baholab, bizni qо‘llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat aytamiz!
"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati.