XATIRCHI TUMАNIDА TIZIMLI ISHLАR OLIB BORILMOQDА
Taʼkidlash joizki, "Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan joylarda qurilish, taʼmirlash ishlari izchil davom ettirilishi orqali hududlarning elektr energiyasi sifati yaxshilanishiga va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirishga erishilmoqda.
Jumladan, Xatirchi tumani mahallalarida ham yillar davomida yigʼilib qolgan muammolar hal etilib, hududlar qiyofasi tubdan yaxshilanib bormoqda.
Xususan, “Alisher Navoiy” MFY koʼchasiga jami 170 dona temir-beton tayanchlar oʼrnatilib 4.1 km 0.4 kVli havo tarmogʼi yangi qurildi va hozirda rekonstruktsiya ishlari bajarilmoqda.
Buning natijasida ushbu hududda 350 dan ortiq aholi xonadonlari elektr ta'minoti yaxshilanganidan hursand.
"Navoiy HETK" AJ matbuot xizmati.