ALOQA UCHUN

2022 YILGI DASTUR DOIRASIDA “YUKSALISH” MAHALLASIGA 2 DONA YANGI TRANSFORMATOR O‘RNATILDI

2022 YILGI DASTUR DOIRASIDA “YUKSALISH” MAHALLASIGA 2 DONA YANGI TRANSFORMATOR O‘RNATILDI

Ayni kunlarda “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Davlat dasturlari ijrosi doirasida elektr ta’minotini yaxshilash bo’yicha 2022 yilgi dastur bo‘yicha Yangiyer shahrida ish jarayonlari boshlangan. 

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish maqsadida Yangiyer shahridagi “Yuksalish” mahallasida 1 km 400 metr masofaga yangi havo tarmog‘i qurish ishlari olib borildi.

Shuningdek, 2 dona quvvati 160 kVA bo’lgan transformatorlar o’rnatildi.

“Yuksalish” mahallasidagi aholi xonadonlariga yangi tarmoqlar orqali sifatli elektr energiyasi kirib boradigan bo‘ldi. 

 “Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 20.01.2022
  • 1061
Sayt xaritasi