NOQULAY OB-HAVO ENЕRGЕTIKLARGA TO‘SIQ BO‘LMAYDI
Mamlakatimizga kirib kelgan sovuq ob-havo oqimi hamda kuchli shamol, qor bо‘roni oqibatida havo elektr tarmoqlari hamda trasformator punktlariga yetkazilgan shikast natijasida Respublikamizning turli hududlarida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning elektr ta’minoti korxonalari xodimlari tomonidan tunu-kun olib borilgan ta’mirlash-tiklash ishlari natijasida noqulay ob-havo sharoitida talafot yetgan barcha hududlarda elektr energiyasi qayta tiklanmoqda.
Tarmoqlarda sodir bо‘ladigan avariyaviy о‘chishlarni tezkor bartaraf etish maqsadida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan hududlarda jami 481 ta tezkor avariyaviy chiqish brigadalari hamda ularga 483 ta maxsus avariyaviy chiqish mashinalari va maxsus texnikalar safarbar etildi.
Navoi viloyati
Uchquduq tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan hududdagi mavjud elektr tarmoqlaridagi nosozliklarni aniqlash va uning oldini olish maqsadida, yer ostidan oʻtgan yuqori kuchlanishli kabel tarmogʻidagi nosozliklarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xatirchi tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan "Langar" MYF da ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Urganch shahri
Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “Qayrag’och” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 33-sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilarni hududga yangi qurilgan elektr tarmoqlariga ulash ishlari bajarilmoqda.
Bu kabi amaliy ishlar natijasida hududlardagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.