MUKAMMAL VA JORIY TAʼMIRLASH ISHLARIGA ALOHIDA EʼTIBOR QARATILMOQDA
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi 12 ta tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan ayni qish mavsumidagi har qanday ob-havo sharoitiga qaramasdan aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotida uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻz faoliyatini doimiy ravishda olib bormoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5048-sonli «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qaroriga asosan aholiga bir meʼyorda uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun joylardagi mavjud elektr energiyasini taqsimlash punktlarida olib borilayotgan mukammal va joriy taʼmirlash ishlari kabi muhim vazifalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, belgilangan ish-rejasi asosida Uchtepa tumani «Paxtakor» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan taʼminlab beruvchi, «Paxtakor» fideridan chiquvchi quvvati 0,4 kV boʻlgan oʻta yuklama bilan ishlab kelayotgan past kuchlanishli TP-1738-sonli transformator punktiga yangi quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli transformator oʻrnatildi.
Bundan tashqari, «Ozodlik» podstansiyasidan taʼminlanuvchi tumandagi Fider «Termos-2» uzatmasidan chiquvchi RP Termos oraligʻidagi shikastlangan yer ostidan oʻtgan kabel tarmoqlaridagi aniqlangan nosozliklar oʻz vaqtida bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
Poytaxtimizning barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari tomonidan olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi isteʼmolchilarni sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.