ALOQA UCHUN

TOSHLOQ TUMANNING “ZARKENT” HAMDA “CHUQUR” MAHALLALARIDAGI 6 TA KO’CHA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

TOSHLOQ TUMANNING “ZARKENT” HAMDA “CHUQUR” MAHALLALARIDAGI 6 TA KO’CHA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash hamda ularga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida joylardagi mavjud elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, birgina Toshloq tumanining “Zarkent” hamda “Chuqur” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan jami 6 ta ko‘chaning elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.

Bu kabi joylarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar zamirida hududdagi 200 dan ortiq iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Hududda elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

“Fargʼona HETK” АJ matbuot xizmati

  • 07.01.2022
  • 1360
Sayt xaritasi